Lola Karimova Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan ayollar sportiga qo‘shgan hissasi uchun diplom bilan taqdirlandi. U bu haqida o‘z sahifasida ma’lum qildi.
«Men Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan “Ayollar va sport” diplomi bilan taqdirlanganimdan nihoyatda xursandman. Ushbu sharafli diplom sport sohasida gender tenglikni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlar uchun taqdim etildi.
Sportni xotin-qizlar orasida ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarimizga shunday yuqori baho berilgani uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va uning prezidenti Tomas Baxga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoq lozimki, bugungi kunda o‘nlab iqtidorli o‘zbekistonlik sportchi ayollar nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston sportining xalqaro miqiyosdagi nufuzini yanada oshirishga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shmoqdalar.
Bizning gimnastika federasiyamiz tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar o‘zbek sportining rivojiga xizmat qilib, sportchilarimizning kelajakdagi g‘alabalari uchun zamin yaratishiga ishonaman.»- deb yozadi Lola Karimova — Tillaeva. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi