Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tizimda tayinlovlar amalga oshirildi.
Alijanov Abrorjon Alijon o‘g‘li Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.
A. Alijanov 2003-yil Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2006-yil mazkur oliy o‘quv yurtining magistratura bosqichlarini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Eraliyev Umidjan Ergashovich Sog‘liqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U. Eraliyev 2009-yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat, 2012-yil Toshkent tibbiyot akademiyasining magistratura bosqichlarini tamomlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish sho‘basi bosh inspektori vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Sultanov Davron Taxirovich Sog‘liqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
D. Sultanov 2005-yil Toshkent davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2013-yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistratura bosqichlarini tamomlagan.
Tayinlovga qadar D.Sultanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sho‘ba mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!