date

Toshkent farmatsevtika instituti shahar tashqarisiga ko‘chiriladimi?

Toshkent farmatsevtika instituti shahar tashqarisiga ko‘chiriladimi?

Toshkent farmatsevtika instituti shahar markazidan tashqariga ko‘chirilishi mumkin, va o‘rniga poytaxt markazida zamonaviy 5 yulduzli mehmonxona barpo etilishi mumkinligi haqida takliflar aytilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu tashabbusni ilgari surmoqda. Bu taklif tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori loyihasiga kiritilgan va ishlab chiqilgan loyihani Strategik islohotlar agentligi rasmiy saytiga joylashtirdi.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent farmatsevtika institutini Toshkent viloyatida joylashgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion farmatsevtika parki hududiga ko‘chirish taklif etilyapti. Bo‘shagan asosiy yer maydonida esa 1 000 o‘rinli zamonaviy avtoturargoh qurib, davlat tasarrufiga o‘tkazish va shu yerda 5 yulduzli mehmonxona barpo etish majburiyati belgilangan.

Toshkent farmatsevtika instituti 1937-yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy o‘quv binosi poytaxt markazida, “Oybek” metro bekati yaqinida joylashgan.

“Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasterining innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish hududi – Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzurida bo‘lib, bu park ham agentlik ham Zangiota tumanida, yuqumli kasalliklar shifoxonasi yaqinida joylashgan. Ushbu klaster va agentlik farmatsevtika sohasida ilmiy va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Agar taklif tasdiqlansa, poytaxt markazidagi eski binolardan samarali foydalanish va mehmonxona turizm salohiyatini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, farmatsevtika sohasidagi ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari shahar tashqarisida rivojlanishiga ham imkon beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent farmatsevtika instituti shahar tashqarisiga ko‘chiriladimi?