date

Britaniya bozoriga yana o‘zbek qovun va uzumlari yetkazildi

Britaniya bozoriga yana o‘zbek qovun va uzumlari yetkazildi

O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi to‘plami yo‘l oldi. Bu safar yurtimizning Exim Dried Fruits Imporve Group korxonasi 2 tonna qovun va uzumni Londonda faoliyat yuritayotgan Baykoos Foods Ltd kompaniyasi buyurtmasi asosida yetkazib berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Britaniya bozorida tobora keng tanilib, xaridorlar orasida mazasi, yuqori sifati va raqobatbardoshligi bilan alohida talabga ega bo‘lib bormoqda.

2025-yilning dastlabki yarmida O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ikki barobar oshgani e’tiborli holat sifatida qayd etilmoqda.

Bunday yutuqqa erishishda joriy yil iyun oyida Londonda ilk bor tashkil etilgan «O‘zbekiston mahsulotlari» savdo ko‘rgazmasi katta o‘rin tutdi. Ushbu tadbir davomida yurtimizning 20 dan ortiq yetakchi eksportyor kompaniyalari vakillari ishtirok etib, Londonning yirik ulgurji bozorlari hamda meva-sabzavot importi bilan shug‘ullanuvchi omborlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tadbir chog‘ida britaniyalik yirik kompaniyalar bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Ayni vaqtda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga 30 dan ziyod turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hamkorligi tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.

Yaqin kelajakda britaniyalik iste’molchilar stollarida yana ko‘proq o‘zbek mahsulotlari paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Dunyo

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Britaniya bozoriga yana o‘zbek qovun va uzumlari yetkazildi