16:36 / 20.12.2016
6 430

“Euronews” O‘zbekiston haqida maqtanishga arzigulik maqola chop etdi

“Euronews” O‘zbekiston haqida maqtanishga arzigulik maqola chop etdi

O‘zbekistonning nafaqat tarixiy obidalari, balki tabiiy sharoiti, geografik joylashuvi va o‘ziga hos iqlimga ega bo‘lgan cho‘llari ham xorijlik sayohatchilarni o‘ziga tortadi.

Buni O‘zbekistonning sharqiy qismidagi cho‘llarda bo‘lgan “Euronews” muxbiri Sheymus Kernining so‘zlaridan ham bilish mumkin. U “Aydarko‘l” ko‘li atrofidagi sayohati taassurotlarini haqida “Euronews” saytida e’lon qilingan maqolasida bayon qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

“Tuyada sayohat qilish va o‘tovda tunab qolish O‘zbeksitonda sayohat qilishning keng tarqalgan turidan biri. Bu bilan siz antik davr hayoti qanday bo‘lganini his etish imkoniga ega bo‘lasiz”, deydi O‘zbekistonning cho‘l tabiatidan zavqlangan Sheymus Kerni.

O‘zbekistondagi turizm sohasiga qaratilayotgan e’tibor tufayli nafaqat mamlakatning qadimiy obidalarga ega tarixiy shaharlariga, balki mavjud cho‘llariga sayohat qilish ham xorijlik sayohatchilar orasida ommalashdi.

“Euronews” muxbiri cho‘l o‘rtasida barpo etilgan kichik o‘tovlar an’anaviy shaklga ega ekani, haqiqatan ham qadimda qurilgan o‘tovlarga o‘xshashini ta’kidlagan.

Shuningdek, jurnalist mahalliy mutaxassis Vohid Pirmatov suhbatini olganini aytgan va maqolasida uning so‘zlaridan iqtibos ham keltirib o‘tgan.

“Bizda yigirmata o‘tov mavjud. Bu erda sayohatchilar tabiatdan rohatlanishi va milliy taomlardan ta’tib ko‘rishi mumkin bo‘ladi”, deb izoh bergan Vohid Pirmatov.

“Euronews” muxbiri Sheymus Kerni o‘tov ichini bezashda ishlatilgan qo‘lda to‘qilgan gilamlar va rangorang matolardan lol qolgani, ular, ayniqsa, kechqurungi chiroq nurida yanada maftunkor ko‘rinishidan lol qolganini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Euronews” O‘zbekiston haqida maqtanishga arzigulik maqola chop etdi