date

22 sentyabrda kuchli magnit bo‘roni kutmoqda, salomatligi zaiflar uchun qiyin kun bo‘lishi mumkin

22 sentyabrda kuchli magnit bo‘roni kutmoqda, salomatligi zaiflar uchun qiyin kun bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston aholisini yaqin kunlarda jiddiy sinov kutmoqda — mamlakat hududida kuchli magnit bo‘roni kuzatilishi ma’lum qilindi. Meteonova portali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 22 sentyabr kuni “to‘q sariq” xavfli darajadagi geomagnit ta’sir qayd etiladi.

Mutaxassislar bildirishicha, bu holat ayniqsa salomatligida muammolari bor kishilar uchun og‘ir kechishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi xastaliklari, qandli diabet yoki bronxial astmaga chalinganlar bunday ta’sirni yanada kuchli his qiladi. Shuningdek, ob-havo o‘zgarishlariga sezgir odamlar va meteopatiyadan aziyat chekuvchilar ham beg‘am bo‘lmasliklari kerak.

Ma’lumotlarga qaraganda, magnit bo‘ronining eng yuqori nuqtasi ertalab soat 5:00 da qayd etiladi. Quyosh nurlari ta’siri 14:00 gacha davom etib, shomga yaqin ta’sir kuchining pasayishi kutilmoqda. Bu vaqt mobaynida odamlar bosh og‘rig‘i, yurak qiyinchiligi, uyqusizlik yoki ruhiy bezovtalikni his qilishi ehtimoldan xoli emas.

Shifokorlar eslatishicha, bunday kunlarda suyuqlik iste’molini oshirish, ortiqcha stressdan qochish va dam olishga ko‘proq e’tibor berish maqsadga muvofiq. Agar salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuzaga kelsa, darhol mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kuchli magnit bo‘ronlari faqat inson salomatligiga emas, balki turli texnika vositalari va aloqa tizimlariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois mutaxassislar aholini ehtiyotkorlikka chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 22 sentyabrda kuchli magnit bo‘roni kutmoqda, salomatligi zaiflar uchun qiyin kun bo‘lishi mumkin