date

Trampning maxsus vakili: «U sizning prezidentingizni juda hurmat qiladi»

Trampning maxsus vakili: «U sizning prezidentingizni juda hurmat qiladi»

22-sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasi 80-yubiley sessiyasi doirasida AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvidan so‘ng, tadbirni yoritish uchun Nyu-Yorkda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik jurnalistlarga o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jurnalistlardan biri uning Donald Trampning O‘zbekistonga bo‘lgan kutilmalarini va Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tgan uchrashuv haqida savol berdi. Serjio Gorning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston rahbariga bo‘lgan hurmatini izhor etgan va uning prezidentligiga katta ishonch bildirgan.

“Aytmoqchimanki, prezident sizning prezidentingiz bilan shu oy boshida gaplashgandi. U o‘zining samimiy salomini yetkazishimni so‘radi. U sizning prezidentingizni juda hurmat qiladi”, - deb aytgan Gor.

Uning ta’kidlashicha, AQSH va O‘zbekiston orasidagi hamkorlik haqidagi natijalar, xususan, AQSHning eng yirik kompaniyalarining O‘zbekiston bilan imzolagan bitimlari, har ikki mamlakatning hamkorlikka bo‘lgan tayyorligini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, yuqori darajadagi hamkorlikni rivojlantirishga intilishni bildirgan.

Gor shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ko‘plab muhim mavzular muhokama qilinganini aytdi. “Munosabatlarni, hamkorlikni kuchaytirish, biznes va xavfsizlik masalalari. Biz ko‘p masalalarni muhokama qildik. Sizning ajoyib prezidentingiz Oq uyda iliq kutib olindi”, - deb qo‘shdi u.

Prezidentlar o‘rtasidagi ushbu muloqot ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Gorning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti Mirziyoyev bilan yanada kengaytirilgan hamkorlikni kutmoqda va buning natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Trampning maxsus vakili: «U sizning prezidentingizni juda hurmat qiladi»