date

Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi nutqi lingvistik tahlili

Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi nutqi lingvistik tahlili

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi lingvistik jihatdan o‘rganildi. Tahlil jarayonida davlat rahbarining nutqida qaysi atamalar va mavzularga ko‘proq e’tibor qaratilgani aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p ishlatilgan so‘z birikmasi — «Markaziy Osiyo» bo‘lib, u 6 marta tilga olingan. Shuningdek, «doimiy rivojlanish» iborasi ham nutqda 4 marta takrorlangani qayd etildi.

Tahlil natijalariga asosan, prezident nutqida mintaqaviy hamkorlik va barqaror taraqqiyot masalalariga ustuvor ahamiyat berilgan. Shu bilan birga, inson kapitaliga daxldor muhim yo‘nalishlar — xotin-qizlarning jamiyatdagi roli, sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida urg‘u qaratilgan.

Markaz mutaxassislarining taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbari nutqidagi so‘zlarni mavzular bo‘yicha tahlil etish natijasida asosiy e’tibor ikki yo‘nalishda jamlangan: Markaziy Osiyo doirasidagi hamkorlik (18 foiz) va transport hamda ekologik muammolar (18 foiz).

Shu tariqa, Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi chiqishi nafaqat mintaqaviy siyosat, balki global ahamiyatga ega dolzarb yo‘nalishlar — ekologik barqarorlik, sog‘liqni saqlash va gender masalalariga ham chuqur yondoshilganini namoyon qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi nutqi lingvistik tahlili