
Bosh vazirning virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasiga aylantirildi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi.
«PM.gov.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga aylantirildi. “PM” qisqartmasini endi “Prezidentga Murojaat” deb ta’riflasa bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ushbu portalning 3 oylik ishlash tajribasidan kelib chiqib murojaatlarni ko‘rib chiqishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli Prezident qarorlari loyihalari tayyorlanmoqda.» — deb yoziladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing