Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan xorijliklar soni 7,5 million nafardan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 2,5 millionga ko‘p bo‘lib, 49,1 foiz o‘sish demakdir.
Eng ko‘p turist yuborgan davlatlar:
Qirg‘iziston – 2 164 521 nafar
Qozog‘iston – 1 769 910 nafar
Tojikiston – 1 699 984 nafar
Rossiya – 663 296 nafar
Afg‘oniston – 304 510 nafar
Turkmaniston – 243 512 nafar
Xitoy – 135 408 nafar
Turkiya – 113 109 nafar
Hindiston – 42 256 nafar
Koreya Respublikasi – 30 039 nafar
Boshqa davlatlar – 349 849 nafar
Safar maqsadlari bo‘yicha taqsimot:
Qarindoshlarni yo‘qlash – 5 166 373 nafar
Sayyohlik – 1 148 469 nafar
Xizmat yuzasidan – 837 535 nafar
Tijorat – 287 747 nafar
Davolanish – 62 054 nafar
O‘qish – 14 216 nafar
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyurganlarning aksariyati qo‘shni davlatlar aholisi bo‘lib, ular orasida qarindoshlarni yo‘qlash asosiy maqsad bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramay, sayyohlik maqsadida keluvchilar soni ham 1,1 milliondan oshgani O‘zbekiston turizm sohasining rivojlanib borayotganini ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!