23 dekabr kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Manbaning ma’lum qilishicha, Ulug‘bek Uzoqov Jizzax viloyati hokimi etib tayinlangan.
U shu paytga qadar Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi masalalari axborot-tahlil departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Endilikda sobiq hokim Sayfiddin Umarovich Ismailov esa Jizzax tumani (kelgusida Sharof Rashidov tumani) hokimi lavozimiga tayinlandi.
Qayd etish kerakki, bu shu oyning o‘zida beshinchi viloyatda hokim o‘zgarishi bo‘ldi. Bungacha, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatida rahbar o‘zgargandi.
Bugun Samarqand viloyatiga ham yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda. Bu viloyatning sobiq hokimi Mirzaev Zoyir Toirovich Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbari etib tayinlangach, hokimlik lavozimi bo‘sh qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi