date

Ertaga ish vaqti barcha xodimlar uchun qisqartiriladi

Ertaga ish vaqti barcha xodimlar uchun qisqartiriladi

Mehnat kodeksining 187-moddasi talabiga ko‘ra, bayram oldidan ish kunlari barcha toifadagi xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartirilishi shart. Bu qoida ish jadvalidan qat’i nazar, ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.

Shu munosabat bilan, 1-oktyabr — chorshanba kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Bu sana rasmiy tarzda ishlanmaydigan kun hisoblanadi. Demak, bayramdan avvalgi kun — 30-sentyabrda har bir smena va kunlik ish vaqti barcha uchun kamida bir soatga kamayishi zarur.

Biroq ayrim uzluksiz ishlab chiqarish jarayonlari yoki uzluksiz xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lgan tashkilotlarda bu qoida to‘liq amalga oshmasligi mumkin. Bunday hollarda xodimning ortiqcha ishlagan vaqti qo‘shimcha dam olish soatlari bilan qoplanadi yoki xodimning roziligi asosida ish vaqtidan tashqari mehnat uchun belgilangan tariflar bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lanadi.

2-oktyabr, payshanba kuni esa barcha uchun odatiy ish kuni hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga ish vaqti barcha xodimlar uchun qisqartiriladi