date

Toshkentda mavsumiy gullar uchun 10 milliard so‘m ajratildi

Toshkentda mavsumiy gullar uchun 10 milliard so‘m ajratildi

Toshkent shahrida mavsumiy gul ko‘chatlarini ekish ishlariga 2025-yilning birinchi choragida davlat byudjeti daromadlarining oshirilgan qismidan 10 milliard so‘m ajratildi. Mazkur mablag‘ mahalliy byudjetga yo‘naltirilgan.

Toshkent shahri kengashi 29-sentyabr kuni shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi va tuman obodonlashtirish boshqarmalariga mavsumiy gullarni ekish va obodonlashtirish ishlari uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratishni ma’qulladi.

Mablag‘lar taqsimoti:

1,82 milliard so‘m obodonlashtirish boshqarmalarining ehtiyojlari uchun,

8,18 milliard so‘m tumanlar kesimida taqsimlanadi.

Eng katta mablag‘: 815 million so‘m markaziy maydonlarni obodonlashtirish uchun ajratildi.

Shu bilan birga:

Ko‘chalarni obodonlashtirish uchun 748 million so‘m,

Hukumat obyektlariga xizmat uchun 190 million so‘m,

Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun 67 million so‘m ajratildi.

Shahar va tumanlarda mavsumiy gul ko‘chatlari, maydonlar va ko‘chalarni obodonlashtirish uchun barcha zarur mablag‘lar ajratildi.

Eslab o‘tamiz, 2024-yil aprel oyida ham Toshkent shahri gul ko‘chatlari xarid qilish uchun 7,92 milliard so‘m ajratgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda mavsumiy gullar uchun 10 milliard so‘m ajratildi