O‘zbekiston diplomatlari Polshaning "MW-WORKSERVICE" Sp.zo.o. xususiy bandlik agentligi direktori Vitold Stanislav Ovcharchik bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Polsha vakiliga O‘zbekistonda migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikni takomillashtirish, mehnat migrantlari manfaatlarini himoya qilish va ularning qonuniy mehnat faoliyati uchun sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berildi.
Vitold Stanislav Ovcharchik mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni ahamiyatini yuqori baholash barobarida, O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb etishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar pilot loyiha sifatida 232 nafar mutaxassis va ishchilarni Polshaga ishga jalb qilishga kelishib oldilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar