Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga asosan, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi 93,1 foizni tashkil etgan.
Shu davrda erkaklar orasida internetdan foydalanish ko‘rsatkichi yanada yuqori bo‘lib, 95,3 foizga yetib borgan. Bu raqamlar internetdan foydalanishdagi gender taqsimotini va raqamli texnologiyalarga qiziqish darajasini ko‘rsatadi.
Yillar kesimida internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi quyidagicha o‘zgargan:
2021-yil — 72,6 foiz;
2022-yil — 81 foiz;
2023-yil — 87,3 foiz;
2024-yil — 92,4 foiz;
2025-yil (yanvar–avgust) — 93,1 foiz.
Shu bilan birga, internetdan foydalanuvchi erkaklar ulushi yillar oralig‘ida quyidagicha o‘zgargan:
2021-yil — 80,6 foiz;
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!