O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, ish haftasi davomida respublikamiz hududida asosan quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni iqlimiy me’yordan biroz yuqori bo‘lib turadi.
Kechalari havo +8…+13° atrofida, kunduzlari haftaning boshida +20…+25° ni tashkil etadi. Hafta oxiriga kelib harorat +23…+28° gacha ko‘tariladi, janubiy va cho‘l mintaqalarida esa +30…+32° qayd etilishi mumkin.
10 oktyabr, juma kuni respublika shimolida ayrim joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor, ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida ob-havo asosan biroz bulutli, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Dushanba kunduzi poytaxtda +22…+24°, hafta davomida kechalari +9…+12°, kunduzlari +23…+26° atrofida bo‘lishi prognoz qilingan.
Meteo-maslahat: shamol kuchayishi ehtimoli bo‘lgan kunlarda hovli-tom ahvolini tekshirib qo‘ying, chang-to‘zon kuzatilsa, respirator/niqobdan foydalaning va uzoq vaqt ochiq havoda qolmaslik tavsiya etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar