O‘zgidromet 8-oktyabr, dushanba kuni uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Tahlillarga ko‘ra, respublika hududlarining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmayapti, osmon ayrim joylarda biroz bulutli bo‘ladi.
Toshkent shahri
Poytaxtda ertaga havo biroz bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli yo‘q. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat tungi paytda 10–12 daraja, kunduzi esa 23–25 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm
Bu hududlarda ham osmon ochiq bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmayapti. Shamol sharq yo‘nalishidan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy
Havo biroz bulutli, lekin quyoshli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 23–28 daraja gacha ko‘tariladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand
Ushbu hududlarda ham ob-havo ochiq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22–27 daraja atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo
Janubiy viloyatlarda havo biroz bulutli, lekin quruq bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘maydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat tungi soatlarda 9–14 daraja, kunduzi esa 24–29 daraja bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysi (Andijon, Namangan, Farg‘ona)
Havo musaffo va biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlar
Respublikaning tog‘li va baland joylarida ham havo biroz bulutli, lekin yomg‘ir kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat tungi paytda 5–10 daraja, kunduzi esa 16–21 daraja bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!