date

Surat va videoga olish uchun rozilik: yangi qonun loyihasi ma’qullandi

Surat va videoga olish uchun rozilik: yangi qonun loyihasi ma’qullandi

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida inson tasvirini suratga olish va undan foydalanishga oid muhim o‘zgarishlar ko‘rib chiqilib, loyiha qabul qilindi. Endi kimningdir suratini yoki videosini olish, shuningdek, uni tarqatish uchun albatta rozilik olish talabi joriy etiladi.
Yangilikning yana bir muhim jihati — bolalarning tasvir huquqi alohida muhofazaga olinadi: bola ham o‘z tasviri bo‘yicha mustaqil huquq subyekti sifatida e’tirof etildi. Shu bilan birga, 16 yoshga to‘lmaganlar tasviriga oid rozilikni ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili berishi shart bo‘ladi.
Loyiha ikkinchi o‘qishga tayyorlanar ekan, normalarni bir ma’noli tatbiq etish uchun ko‘plab tushuntiruvchi o‘zgarishlar kiritildi. Hujjatda qaysi holatlarda shaxs roziligisiz suratga olish va tasvirdan foydalanish mumkinligi aniq belgilab qo‘yilgan — ya’ni turli talqinlarga o‘rin qolmasligi ko‘zda tutilgan.
Videokuzatuvga ham qat’iy tartib: jamoat joylariga kamera o‘rnatilsa, bu haqda ko‘zga tashlanadigan, oson anglashiladigan ogohlantiruv belgisi joylashtirilishi majburiy bo‘ladi. Kamera o‘rnatish taqiqlangan hududlar ham belgilandi — masalan, kiyim almashtirish xonalari va hojatxonalar kabi shaxsiy hayot daxlsizligi yuqori bo‘lgan joylar.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi va Senatga yuborildi. Hujjat kuchga kirgandan so‘ng, surat va video bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar yanada tartibga solinib, fuqarolarning shaxsiy hayotini himoya qilish mexanizmi mustahkamlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Surat va videoga olish uchun rozilik: yangi qonun loyihasi ma’qullandi