12:59 / 26.12.2016
6 877

Ulug‘bek Rozukulov Pokiston Prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Ulug‘bek Rozukulov Pokiston Prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov va Pokiston Prezidenti Husayn Mamnun terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.

O‘tgan haftada O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov rahbarligidagi delegasiya Pokistonga tashrif buyurgan edi.

Husayn Mamnun Rozukulov vositasida Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qozongani bilan yana bir bor qutlab, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqishiga umid bildirgan.

Husayn Mamnun Pokistonning O‘zbekiston bilan energetika, iqtisodiyot va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanini ta’kidlagan. U, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash mamlakat imkoniyatlariga javob bermasligini qayd etib, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga chaqirgan.

Mamnunning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston O‘zbekistonning energetika zaxiralaridan foydalanishga qiziqish bildirmoqda.

Ulug‘bek Rozukulov, o‘z navbatida Pokiston bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini qayd etgan. Shu bilan birga, Rozukulov tomonlar turli sohlardagi hamkorlikni rivojlantirishini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ulug‘bek Rozukulov Pokiston Prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi