O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Tojikiston poytaxti Dushanbega yetib bordi. Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va bir qator rasmiylar samimiy kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo — Rossiya” formatining ikkinchi sammitida, shuningdek, MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Kun tartibida mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport-logistika yo‘laklari, suv-energetika, sanoat kooperatsiyasi, xavfsizlik va gumanitar sohalarda hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Sammitlar doirasida ikki va ko‘p tomonlama muloqotlar o‘tkazilishi, amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama etilishi kutilayotgani ma’lum qilinmoqda. Tashrif mintaqada tinchlik, barqaror rivojlanish va ochiq iqtisodiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi bilan e’tiborga molik.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!