date

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Dushanbe shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston Prezidentini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi samarali bo‘lgani bilan samimiy tabrikladi hamda «Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi bo‘lajak uchrashuv va MDH sammiti muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuv va sermahsul hududlararo aloqalarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik asosiy masalalar, shu jumladan joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi