O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun xizmat turar joylarini qurish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, turar joylar 2017−2018 yillarda qishloq joylarda namunali loyihalar bo‘yicha qurilishi belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar, shuningdek davlat organlarining hududiy (viloyat) bo‘linmalari rahbarlari uchun 0,06 ga uchastkaga ega bir qavatli besh xonali uylar, tuman (shahar) hokimiyatlari hamda davlat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari uchun esa ikki qavatli 0,04 ga uchastkaga ega hovlili birlashtirilgan uylar qurilishi belgilangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jami bo‘lib 1682 ta turar joy (jumladan, 210 ta viloyat rahbarlari darajasida) qurilishiga 312,4 mlrd so‘m ajratiladi.
Qurilishlar mahalliy byudjetlar (joylardagi ijro organlari rahbarlari uchun), davlat byudjeti (MXXning hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun) hamda IIV, Adliya vazirligi, DSQ, DBQ va Bosh prokuraturaning shaxsiy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi