O‘zgidromet 13-oktyabr soat 20:00 dan 14-oktyabr soat 20:00 gacha bo‘lgan vaqt uchun mamlakat bo‘ylab ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ertaga respublikaning katta qismida quyoshli va barqaror ob-havo saqlanib qoladi, ayrim hududlarda shamol kuchayishi hamda qisqa muddatli chang‘-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahri
Poytaxtda ob-havo biroz bulutli, ba’zan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharq tomondan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–12°, kunda 25–27° atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Bu hududda havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi yomg‘ir kutilmaydi, ammo kunda ayrim joylarda qisqa vaqtli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan xoli emas. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang‘-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9–14°, kunduzi 22–27° bo‘ladi.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi ammo yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda shamol kuchayishi hamda chang‘ ko‘tarilishi ehtimoldan xoli emas. Harorat kechasi 9–14°, kunduzi 22–27° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli yo‘q. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda chang‘-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 10–15°, ertalab 25–30° daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13°, kunduzi 23–28° bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Janubiy hududlarda ob-havo iliq va quyoshli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11–16°, kunduzi 29–34° darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan. Yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli yo‘q. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13°, ertalab 23–28° bo‘ladi.
Respublika tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10°, kunduzi 18–23° bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!