Yangi yil bayramini osoyishtalik bilan o‘tkazish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Saidkarim Nishonboyev O‘zAga ma’lum qildi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
— Ichki ishlar idoralari tizimida bayram kunlari tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilmoqda. Bunda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yurtimizning har bir go‘shasi, ayniqsa, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar soha xodimlarining alohida e’tiborida. Noxush holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan maxsus reydlar o‘tkazilmoqda. Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, posbonlar faol ishtirok etib, tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
— Yangi yil yaqinlashishi bilan pirotexnika vositalari paydo bo‘lishi sir emas. Uning bozorlarimizga noqonuniy kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida qanday ishlar qilinmoqda?
— Pirotexnika vositalarining inson salomatligiga zarari va yong‘inlarni keltirib chiqarishi mumkinligi inobatga olinib, mamlakatimizda ulardan noqonuniy foydalanish taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarida pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik, ulardan foydalanganlik, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda olib kirganlik yoki sotganlik uchun huquqbuzarlik buyumlarini musodara qilish bilan birga jinoiy va ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Ammo nafsini jilovlay olmagan ayrim kimsalar tomonidan pirotexnika vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirish va sotishga urinish holatlari hamon uchrab turibdi. Misol uchun, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi Qahramon Rajapov pirotexnika vositalarini sotish maqsadida olib ketayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Uning yukxaltalari ko‘zdan kechirilganda 5,5 million so‘mlikka yaqin turli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi Hakima Ahmedova o‘z xonadonidan pirotexnika vositalarini sotish maqsadida olib chiqayotgan vaqtida to‘xtatilgan. Uning mahsulotlari ko‘zdan kechirilganda, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy narxi 9,3 million so‘mlikdan ziyod «salyut»lar borligi ayon bo‘ldi. Poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozori hududida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro Shahobiddin Yusupov ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini sotayotgani aniqlandi.
Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish borasida 37 mingdan ortiq reyd o‘tkazildi. Natijada 127 holat aniqlanib, ular yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli idoralarga yuborildi. 150 mingga yaqin pirotexnika vositalari musodara qilindi.
— Yong‘in xavfsizligini ta’minlash ham osoyishtalikning muhim omillaridan. Bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar qanday samara bermoqda?
– Bayram arafasida yong‘in xavfsizligi tadbirlari yanada kuchaytirildi. Soha xodimlari aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlarini davom ettirmoqda.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, yong‘in xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarning jangovar tayyorgarligini, kasb ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy natija bermoqda. Misol uchun, so‘nggi besh yilda sodir bo‘lgan yong‘inlarning deyarli 80 foizi boshlang‘ich davrida bartaraf etildi. Natijada ming nafarga yaqin inson hayoti asrab qolindi, 460 milliard so‘mlikdan ortiq mol-mulk qutqarib qolindi.
Bayram kunlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Yo‘l-patrul xizmati maskanlarida avtotransport vositalari qat’iy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Aholi xavfsizligini ta’minlash uchun barcha jamoat transportlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar atrofidagi yo‘llar va yo‘l belgilari ko‘zdan kechirilib, kamchiliklar bartaraf etildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”