Joriy yil 16-17-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 57-yig‘ilishi hamda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.
Tadbirlarda MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDHga a’zo davlatlar Kontrterror markazi vakillari ham ishtirok etadi.
Konferensiyalardan asosiy maqsad Hamdo‘stlik makonida xavfsizlikni ta’minlash, shu jumladan, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, axborot xavfsizligiga tahdidlar, shuningdek, giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy xalqaro muomalasiga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Uchrashuvlar chog‘ida zamonaviy tahdidlar va ikki tomonlama harakatlarni muvofiqlashtirishga oid keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikning aniq vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab oladilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!