Toshkentda bayram munosabati bilan bir necha yirik bozorlar ishlamaydi

Toshkentda bayram munosabati bilan bir necha yirik bozorlar ishlamaydi
Toshkentda bayram munosabati bilan bir necha yirik bozorlar ishlamaydi

Toshkent shahrida joylashgan Sergeli avtomobil bozori 4 kun ishlamaydi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bozor 30, 31 dekabr, 1 va 2 yanvar (dushanba – odatdagidek dam olish) kunlari ishlamaydi.

Bundan tashqari, poytaxtimizdagi eng yirik bozorlardan biri O‘rikzor ham 2 kun ishlamasligi ma’lum bo‘ldi. Manbaning xabar qilishicha, bozor 1 va 2 yanvar kunlari o‘z eshiklarini yopadi.

Boshqa bozorlar ma’muriyati bu borada izoh bermadi.

Taxminlarga ko‘ra, bozorlarning ishlamasligi Yangi yil bayrami bilan bog‘liq.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar