O‘zbekistonda bu hafta yomg‘irsiz va iliq ob-havo bilan o‘tishi kutilmoqda. Meteorologlarning bashoratiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab harorat darajasi kuz uchun odatdagi ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘ladi.
“O‘zgidromet” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20—24-oktyabr kunlari kunduzgi harorat 23–28 daraja atrofida bo‘lib, kechalari havo 8–13 darajagacha iliq bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar o‘rtacha iqlim me’yoridan taxminan 4–6 darajaga yuqori ekanligi qayd etilmoqda.
Poytaxt Toshkentda ham ob-havo nisbatan iliq va quyoshli bo‘ladi. Osmon vaqt-vaqti bilan biroz bulutli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharq yo‘nalishidan soatiga 3–8 metr tezlikda esishi prognoz qilingan.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, kuzning so‘nggi o‘n kunligigacha mamlakatning barcha hududlarida barqaror va quyoshli ob-havo saqlanib qolishi mumkin.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, kelasi haftaning o‘rtalarigacha ham O‘zbekiston hududida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli juda past bo‘lib, havo harorati me’yordan yuqori darajada saqlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!