O‘zbekistonda fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasidagi tortishuvlar, da’volar endi sudgacha yetib bormasdan, mediatsiya yo‘li bilan tezroq va kam xarajat bilan hal etilishi mumkin.
Yangi qonunga ko‘ra:
Mediatsiya orqali tuzilgan kelishuvlar, agar ixtiyoriy bajarilmasa, sud orqali majburan ijroga qo‘yilishi mumkin;
Buning uchun ariza mediatsiya tuzilganidan keyingi 6 oy ichida berilishi kerak;
Agar mediator qonun va etikani buzsa, unga intizomiy chora qo‘llaniladi;
Ushbu tizim sudlardagi ortiqcha yuklamani kamaytirishi va kelishmovchiliklarni madaniy yo‘l bilan hal etishga xizmat qiladi.
Bu o‘zgarishlar xalqning huquqiy madaniyatini oshirish va tortishuvlarni adolatli, tezkor tarzda yakunlash imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar