date

O‘zbekiston baxt indeksida 53-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston baxt indeksida 53-o‘rinni egalladi
World Happiness Report 2025 hisobotining yangilangan reytingida 147 ta davlat o‘rin oldi. Tadqiqotchilar turli davlatlardagi baxt darajasini baholashdi.

Reytingni tuzishda aholining daromadi, sog‘ligi, ishonch darajasi, tanlov erkinligi va jamiyat ko‘magi kabi ko‘rsatkichlar e’tiborga olindi. O‘zbekiston ushbu reytingda 53-o‘rinni egalladi.

Mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari orasida ikkinchi o‘rinni egallab, Qozog‘istondan keyinda joylashdi. Qozog‘iston 40-o‘rinni band etgan.

Qayd etish kerakki, reytingda birinchi o‘rinni Finlandiya egallagan bo‘lsa, eng so‘nggi o‘rinni Afg‘oniston egallagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston baxt indeksida 53-o‘rinni egalladi