15:34 / 05.01.2017
9 894

Qoraqalpog‘istonda 240 oilaga yigirma besh donadan jo‘ja tarqatildi

Qoraqalpog‘istonda 240 oilaga yigirma besh donadan jo‘ja tarqatildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2016 yilda parrandachilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 4 milliard 802 million so‘mlik 45 loyiha amalga oshirildi, 200 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Yil davomida barcha toifadagi xo‘jaliklarda 3 million 330 mingdan ziyod tovuq parvarishlanib, 240 million donaga yaqin tuxum etishtirildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Amudaryo tumanida umumiy qiymati 285 million so‘mlik 6 loyiha amalga oshirildi. Natijada qo‘shimcha ravishda 19 ming bosh parranda boqish imkoniyati yaratildi va 28 yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Ayni paytda tumandagi 8 parrandachilik sub’ektida 600 mingdan ziyod parranda parvarishlanmoqda. O‘tgan yili ularda 9 tonna parhez go‘sht, 185 ming dona tuxum va inkubatorlarda minglab jo‘ja etishtirildi.

Xabarda aytilishicha, har bir oilada parranda bo‘lishini ta’minlash maqsadida 240 oilaga yigirma besh donadan jo‘ja tarqatilgan. Bu aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga, dasturxon to‘kinligini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qoraqalpog‘istonda 240 oilaga yigirma besh donadan jo‘ja tarqatildi