22:21 / 06.01.2017
7 955

O‘zbekistonda farmasevtika industrial zonalari paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda farmasevtika industrial zonalari paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda 4ta farmasevtika industrial zonasi (FIZ) tashkil etish loyihasi taklif etilmoqda. Bu haqdagi prezident qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.

Hujjatda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida «Boysun-farm», Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida «Bo‘stonliq-farm», Jizzax viloyatining Zomin tumanida «Zomin-farm» va Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida «Sirdaryo-farm» industrial zonalari tashkil etish nazarda tutilgan.
Qaror mahalliy xomashyolar asosida farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etish, shu orqali aholi uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan.

Rejaga ko‘ra, bunday industrial zonalar muhlati keyin uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil etib belgilanadi. Bu muddat davomida industrial zonalar hududida soliq va boj to‘lovlari imtiyozlari amalda bo‘ladi (investisiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha muddatga).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda farmasevtika industrial zonalari paydo bo‘ladi