00:47 / 08.01.2017
6 582

Prokuraturaning bugungi faoliyati talabga javob beradimi?

Prokuraturaning bugungi faoliyati talabga javob beradimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 7 yanvarda Prokuratura organlari xodimlari kuni oldidan bir guruh soha xodimlari bilan uchrashdi. Majlisda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, prokuratura organlari mas’ul xodimlari va faxriylari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari adolat tushunchasi, prokuraturaning bugungi faoliyati, uning asosiy vazifalariga to‘xtalib o‘tdi.

“Xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini qaror toptirish bugungi kunda eng asosiy vazifamizga aylanishi shart. Biz barpo etayotgan huquqiy davlatda adolatsizlikning hech qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik darkor. Negaki, odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, lekin adolatsizlikka chiday olmaydi. Bu chuqur ma’noli so‘zlar bugungi kunda har qachongidan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etayotganini sezish va anglash qiyin emas, albatta.

Islohotlarni samarali amalga oshirishni ta’minlash yo‘lida “prokuraturaning bugungi faoliyati talabga javob beradimi?” degan savol turibdi. Oldimizda ko‘ndalang turgan mana shu murakaab va og‘ir savolga biz javob topishimiz kerak. Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi – nima uchun ko‘rilayotgan choralarga qaramay, qonunning buzilish holatlari keskin kamaymayapti?”, - dedi Sh. Mirziyoyev.

Shu o‘rinda Sh. Mirziyoyev so‘nggi hisobotlarga diqqatni qaratib, keyingi ikki yilda prokuratura organlari tomonidan 264 000dan ortiq prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanganini qayd etdi.

“Bu raqamlar bir tomondan olib qaraganda, prokuratura faoliyatida olib borilayotgan keng miqyosli ishlardan dalolat beradi, ayni vaqtda afsus bilan aytish kerakki, ko‘p hollarda qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha prokuror nazorati huquqbuzarlik sodir etilgandan keyingina namoyon bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, asosiy e’tibor huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlab, ularning oldini olishga emas, balki oqibatlari bilan kurashishga qaratilmoqda”, - dedi O‘zbekiston rahbari.

“Konstitusiya bo‘yicha sizlarning eng katta vazifangiz qonun ustuvorligini ta’minlashdan iborat. Biz avval profilaktika ishlarini bajarmaymiz, har bir jinoyatning kelib chiqish sababiga etmaymiz. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi bundan buyon ham diqqatimiz markazida bo‘lishi kerak, buning uchun esa sud-huquq sohasida islohotlarni izchil davom ettirishimiz lozim. Ana shu islohotlar jarayonida prokuratura faol ishtirok etishi, avvalambor fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini ta’minlashga qaratilgan nazorat faoliyatini kuchaytirishi kerak”, - deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prokuraturaning bugungi faoliyati talabga javob beradimi?