date

Ahangaron tumanida 10 mlrd dollarlik shahar quriladi

Ahangaron tumanida 10 mlrd dollarlik shahar quriladi
Toshkent viloyatining Ahangaron tumanida «Central Asia Smart City» loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha umumiy qiymati 10 milliard dollarga teng bo'lib, bu mintaqadagi boshqa yirik loyiha — Tashkent Medical Smart City'dan ikki baravar kattaroqdir.

Loyiha Toshkent viloyati hokimiyati tomonidan muhokamaga qo'yilgan. Mazkur megaloha «Going Investment» qo'shma korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Bu korxonada Fransiya, Yaponiya, Turkiya va O'zbekiston investorlarining ishtiroki mavjud. Qurilish uchun 6 400 gektar yer ajratilgan bo'lib, birinchi bosqichda 500 gektarlik hududda asosiy infratuzilma obyektlari barpo etiladi.

«Central Asia Smart City» konsepsiyasi 200 ming aholiga mo'ljallangan «aqlli yashil shahar»ni tashkil etishni o'z ichiga oladi. Loyihaning dastlabki bosqichida Markaziy Osiyo moliya markazi, savdo-logistika kompleksi, shuningdek, turizm va transport sohalarida xalqaro markazlar qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, loyihada 75 ming o'rinli kampusga ega Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro bilim va texnologiyalar markazi tashkil etish ham ko'zda tutilgan. Loyihaning bosh maqsadi ekologik barqaror va texnologik rivojlangan shahar muhitini yaratishdir.

Yangi shaharni Toshkent va viloyatning boshqa markazlari bilan bog'lash uchun tezkor tramvay liniyasi (light rail) qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu yo'nalish Toshkent - Nurafshon - Central Asia Smart City - Olmaliq - Ahangaron marshruti bo'ylab o'tadi.

Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. O'zbekistonda «aqlli shaharlar» konsepsiyasi nafaqat Toshkent aglomeratsiyasida, balki boshqa hududlarda ham rivojlanmoqda.

Masalan, qadimiy Samarqand va Buxoro shaharlarida shunga o'xshash, ammo kichikroq loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar raqamli texnologiyalarni shahar boshqaruvi va infratuzilmasiga integratsiya qilish orqali turistlar uchun jozibadorlikni oshirish va shahar aholisi turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ahangaron tumanida 10 mlrd dollarlik shahar quriladi