date

Harbiy oliygoh bitiruvchilariga yangi majburiyatlar


O‘zbekistonda harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi. Prezident qarori bilan «Harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda bitiruvchilar besh yillik xizmat majburiyatini bajarmagan taqdirda, ularning o‘qitilishi uchun davlat tomonidan sarflangan xarajatlarni qoplash majburiyati belgilandi.

Yangi tartibga binoan, agar bitiruvchi ofitser lavozimida besh yil xizmat qilmasa, u ta’lim jarayonida davlat tomonidan qilingan barcha xarajatlarni qoplashga majbur bo‘ladi. Bu qoidalar faqat harbiy xizmatni o‘tovchi shaxslarga emas, balki boshqa vazirlik va idoralarga fuqarolik xodimi sifatida ishga yuborilgan bitiruvchilarga ham tatbiq etiladi.

Ular uchun ham besh yillik xizmat sharti belgilangan bo‘lib, bu majburiyat bajarilmagan taqdirda o‘qitishga sarflangan mablag‘lar qaytarib olinadi. Harbiy oliy o‘quv yurti kursantlarini tayyorlash xarajatiga faqat ta’lim, oziq-ovqat va kiyim-kechak xarajatlari emas, balki mashg‘ulotlarda ishlatiladigan murakkab harbiy texnikalar va o‘q-dorilar uchun sarflangan mablag‘lar ham kiradi.

Bu esa harbiy ta’limni davlat uchun eng qimmat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biriga aylantiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Harbiy oliygoh bitiruvchilariga yangi majburiyatlar