date

Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 4-noyabr kuni ishchi tashrif bilan Vashingtonga yetib keldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 5-6-noyabr kunlariga mo‘ljallangan.

Tashrifning muhim qismi ikki davlat rahbarlari uchrashuvi va O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh rahbarlarini mintaqaviy masalalarni muhokama qilish uchun birlashtiruvchi «C5+1» sammitida ishtirok etishi bo‘ladi. Dastur doirasida AQSh Kongressi, hukumati va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Uchrashuvlarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, investitsiya loyihalari va qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish masalalari diqqat markazida bo‘ladi. Xususan, transport, logistika va texnologiyalar sohasida sheriklik imkoniyatlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Tashrif yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. «C5+1» diplomatik muloqoti formati 2015-yilda tashqi ishlar vazirlari darajasida ishga tushirilgan edi.

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va AQSh rahbari ishtirokidagi birinchi yuqori darajadagi uchrashuv esa 2023-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga tashrif buyurdi