
O'zbekiston Respublikasi Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida rahbariyat o'zgarishi yuz berdi. Ushbu markazning yangi rahbari etib Yuliya Risukova tayinlandi.
U bu lavozimda 2023 yil iyun oyidan beri faoliyat olib borgan Voxid Hamidovni almashtirdi. Hamidov prezident qaroriga binoan lavozimidan ozod etildi.
4 noyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari o'rinbosari Xilola Umarova markaz jamoasi yig'ilishida yangi rahbarni tanishtirdi. Shuningdek, davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar haqida ma'lumot berdi.
Umarova yangi ta'lim loyihalarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda samarali amalga oshirish zarurligini ta'kidladi. Eslatib o'tamiz, ushbu markaz prezident tashabbusi bilan 2023 yil aprel oyida tashkil etilgan.
Markaz keng vakolatlarga ega bo'lib, ta'lim standartlari, o'quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim tizimi uchun o'quv-metodik majmualarni nashr etish bilan shug'ullanadi. Talim islohotlari doirasida O'zbekistonda maktab direktorligi lavozimiga nomzodlar uchun maxsus menejment kurslari joriy etildi.
Ularning tayinlanishi Direktorlar kengashi tasdig'i orqali amalga oshiriladi. Bu islohot ta'lim muassasalarida boshqaruv malakasini oshirishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar