date

Samarqandda 15 ta Nexia 3 onlayn auksionga qo'yildi

Samarqandda 15 ta Nexia 3 onlayn auksionga qo'yildi
Samarqand viloyati Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, qarzdorlardan undirib olingan 15 ta Nexia 3 avtomobili onlayn auksionga qo'yilgan. Ushbu avtomobillar gaz ballon uskunalari bilan jihozlangan.

Mashinalarning boshlang'ich narxi 62,8 million so‘mdan 71,2 million so‘mgacha belgilangan. Auksionda qatnashish uchun arizalar qabul qilish muddati joriy yilning 7-noyabriga qadar davom etadi.

Ariza topshirish uchun e-auksion.uz saytidan kerakli lotni topishingiz mumkin. Shuningdek, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan va qarzdorlik tufayli Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan musodara qilingan yuzlab avtomobillar savdoga qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandda 15 ta Nexia 3 onlayn auksionga qo'yildi