date

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi ilovalarni yuklab olyapti?

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi ilovalarni yuklab olyapti?

O‘zbekistonda oktyabr oyi bo‘yicha eng ko‘p yuklab olingan ilovalar reytingi yangilandi. Milliy bozorda raqobat tobora kuchayib borayotgan bir paytda, ChatGPT yana birinchi o‘rinni qaytarib oldi. Bu haqda ilova bozori tahlilchilari ma’lum qildi.

Oxirgi to‘rt oy davomida turli ilovalar o‘rtasida keskin raqobat kuzatilgan edi. Biroq ChatGPT’ning yangilangan imkoniyatlari va kengaytirilgan funksionali foydalanuvchilar oqimini yana ko‘paytirgan. Bu ilova O‘zbekiston foydalanuvchilari orasida bilim, ma’lumot va texnologiya sohalarida foydalanish uchun asosiy manbaga aylanib bormoqda.

Oktyabr oyi natijalariga ko‘ra, umumiy reyting quyidagicha shakllangan:

1.ChatGPT

2.imo

3.Instagram

4.JanaTube

5.Uzum Market

6.MyGov Uz

7.eMaktab.Oila

8.Soliq

9.CapCut

10.Telegram

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiyada Telegram va WhatsApp ilovaning vaqtinchalik cheklanishi ortidan O‘zbekistonlik mehnat migrantlari orasida imo ilovasidan foydalanish keskin ko‘paygan. Shu sababli, imo yangi foydalanuvchilar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga, Uzum Market umumiy reytingda biroz pastlagan bo‘lsa-da, mahalliy ilovalar qatorida hali ham yetakchilikni saqlab turibdi. Onlayn savdo va to‘lov xizmatlariga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib qolmoqda.

Mahalliy ilovalar bo‘yicha oktyabr oyi reytingi quyidagicha:

Uzum Market

MyGov Uz

eMaktab.Oila

Soliq

xazna

Uzum Bank

CLICK Evolution

Safe Road YHXX

Payme

alif mobi

Tahlilchilar fikricha, kelgusi oylarda ham ChatGPT o‘z yetakchilik pozitsiyasini saqlab qolishi ehtimoli yuqori. Mahalliy ilovalar orasida esa raqobat yanada kuchayishi, ayniqsa moliyaviy xizmatlar va elektron ta’lim platformalari foydalanuvchilar soni bo‘yicha yuqori o‘sishni qayd etishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi ilovalarni yuklab olyapti?