date

Eng ko‘p bog‘chalar Samarqanda faoliyat yuritmoqda

Eng ko‘p bog‘chalar Samarqanda faoliyat yuritmoqda
2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda jami 38 058 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) faoliyat yuritgan. Shu tashkilotlarning ko‘pchiligi, ya’ni 28 729 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hisoblanadi.

So‘nggi bir yil ichida mamlakatdagi MTTlar soni 2 085 taga oshdi. Bu mamlakatda bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim bilan ta’minlashga bo‘lgan talab ortayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida Samarqand viloyati 4 507 ta MTT bilan yetakchilik qiladi. Andijon, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari ham faol MTTlar bilan ajralib turadi, ularning soni 4 mingga yaqin.

Eng kam MTTlar Sirdaryo viloyati (1 145 ta) va Toshkent shahrida (1 047 ta) mavjud. Umuman olganda, mamlakatning barcha hududlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini kengaytirish borasida ishlar olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Eng ko‘p bog‘chalar Samarqanda faoliyat yuritmoqda