date

Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

“O‘zgidromet” haftaning ilk kunlariga oid ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi. 10–12-noyabr kunlari mamlakat hududlarida asosan tinch, yomg‘irsiz va iliq havo hukm suradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida osmon o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Shamol sharq tomondan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10–11-noyabrda kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja, 12-noyabrda esa kechasi 2–7 daraja, kunduzi 14–19 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo barqaror bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan esadi. Harorat kechalari 0–7 daraja orasida, kunduz kunlari esa 12–21 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham hafta boshida osmon ochiq bo‘ladi. Harorat 10–11-noyabrda kunduzi 12–17, 12-noyabrda esa 15–20 daraja iliqqa yetadi. Kechalari harorat 0–7 daraja ichida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo nisbatan iliqroq kechadi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Kechalari 2–7 daraja, kunduzi 15–22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham quyoshli va xotirjam ob-havo saqlanadi. Harorat kunduzi 10–17 daraja, kechalari esa 0–7 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham tinch ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, shamol o‘rtacha tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 3–8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?