date

Markaziy bank 18 taniqli bankni jarimaga tortdi — ro‘yxat ochiqlandi

Markaziy bank 18 taniqli bankni jarimaga tortdi — ro‘yxat ochiqlandi

Markaziy bank sentyabr–oktyabr oylarida tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarida axborot joylashtirish tartibi bo‘yicha monitoring o‘tkazdi va natijalarni e’lon qildi.

Tekshiruv davomida “Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga amal qilmagan, axborotni to‘liq va shaffof taqdim etmagan 18 ta bank aniqlandi. Ularning har biri 102 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim banklar rasmiy saytlarida davlat tilida ma’lumot bermagan, shuningdek, kredit garovlarini bosqichma-bosqich chiqarish tartibi haqida axborotni joylashtirmagan.

Qonunbuzarliklar quyidagi banklarda qayd etilgan: Agrobank, Anor Bank, Hayot Bank, Universal Bank, Garant Bank, Asakabank, Turonbank, Infinbank, Mikrokreditbank, Trustbank, Madad Invest Bank, Saderat Bank, Orient Finans Bank, Ipoteka Bank, Tenge Bank, Ziraat Bank Uzbekistan, AVO Bank va Open Bank.

Markaziy bank tijorat banklariga qonun talablariga qat’iy rioya etish, aholiga taqdim etiladigan ma’lumotlarni ochiq va aniq tarzda joylashtirish zarurligini yana bir bor eslatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank 18 taniqli bankni jarimaga tortdi — ro‘yxat ochiqlandi