date

O‘zbekiston termasi uchun Ispaniyadan professional oshpaz keltirildi

O‘zbekiston termasi uchun Ispaniyadan professional oshpaz keltirildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarligini yanada mukammal darajaga chiqarish maqsadida yangi tashabbusni amalga oshirdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa shtabiga Ispaniyadan kelgan tajribali bosh oshpaz va sport nutritsiologi jalb etildi. Ular futbolchilarning sog‘lom ovqatlanishini nazorat qilish, tiklanish jarayonlarini tezlashtirish hamda umumiy jismoniy holatni barqaror saqlashda muhim rol o‘ynaydi.

O‘FAning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus milliy jamoa a’zolari uchun individual ovqatlanish dasturini joriy etish, energiya balansini saqlash va har bir futbolchining organizm ehtiyojlariga mos ratsion tuzishga qaratilgan. Bu o‘z navbatida o‘yinchilarning o‘yin davomidagi chidamliligini va tezkor tiklanish qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA kunlari doirasida Dubayda tashkil etiladigan xalqaro o‘rtoqlik musobaqasida ishtirok etadi. Mazkur turnirda Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde termalari maydonda kuch sinashadi. Barcha uchrashuvlar “Hazza bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, hozirgacha yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan Timur Kapadze o‘z lavozimini tark etgani haqida xabar berilgan edi.

Yangi mutaxassislar jalb etilishi jamoaning sport formasi va umumiy tayyorgarligini yanada kuchaytirishi kutilmoqda — bu esa 2026 yilgi mundialga yo‘l olish maqsadidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston termasi uchun Ispaniyadan professional oshpaz keltirildi