
“O‘zgidromet”ning 13-noyabr, payshanba kuni uchun taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab tinch, quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanishi kutilmoqda.
Toshkent shahri
Poytaxt osmonida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi lekin yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Shamol sharq tomondan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat tungi soatlarda 3–5 daraja iliq bo‘lib, kunduzi 17–19 darajagacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlari
Bu hududlarda ham havo musaffo va barqaror bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda sharqdan esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi esa 16–21 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan, ammo barqaror bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharq yo‘nalishidan 7–12 m/s tezlikda esadi. Tungi harorat 2–7 daraja iliq, kunduzi esa 16–21 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Bu hududlarda ham ob-havo bir xil barqaror bo‘lib qoladi. Kechki paytda harorat 2–7 daraja, kunduzgi paytda esa 15–20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Harorat ko‘proq iliq bo‘ladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Tunda 3–8 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja atrofida iliq havo saqlanadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Farg‘ona vodiysida havo nisbatan sokin, lekin ayrim joylarda ertalab tuman tushishi ehtimoli bor. Yomg‘ir kutilmaydi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li va tog‘ oldi hududlar
Bu yerlarda ham osmon musaffo bo‘ladi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 10–15 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.