23:53 / 14.01.2017
6 968

Jurnalistlarimizni burab, yo‘lga solib turadigan “yashirin qisqichlar” ko‘pmi?

Jurnalistlarimizni burab, yo‘lga solib turadigan “yashirin qisqichlar” ko‘pmi?

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da jurnalistlarning o‘rni, bu borada ularning zimmasiga yuklatiladigan vazifalar xususida mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:

«Hukumat va aholi o‘rtasidagi aloqa barqaror, mustahkam, samarali, zamonaviy til bilan aytganda, interfaol bo‘lishi kerak.

Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolarning siyosiy faolligi oshib borayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Buni virtual qabulxonaga bo‘layotgan murojaatlardan ham bilish mumkin. Odamlar nafaqat shaxsiy muammolarinigina yozishayapti, balki tizimli masalalar, masalan, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish kabi masalalarni ko‘tarib chiqishmoqda. Ular bu haqda shunchaki yozishmayapti, balki davlatdan ularning ijrosini talab qilishayapti.

Xo‘sh, bu jarayonga O‘zbekistondagi jurnalistlar qatlami nechog‘li tayyor?! Buni muhokama qilishga mening haqqim yo‘q. Bu haqda soha mutaxassislari gapirgani yaxshiroq.

Faqatgina shuni aytishim mumkinki, mening nazarimda sohada hali qilinadigan ishlar ko‘p. Jurnalist kadrlar kasb malakasini yuksaltirish bo‘yicha ko‘plab treninglar tashkil etish kerak. Menimcha, o‘zbekistonlik jurnalistlarga ana shu narsa etishmayotgandek. O‘zbek jurnalistikasi zamondan ortda qolayotgandek. Jurnalistlarimiz tayyorlagan mahsulotlarda qoliplar, siyqasi chiqqan so‘z va iboralar ko‘p. Yana ularni burab, yo‘lga solib turadigan «yashirin qisqichlar» (yashirin kuchlar demoqchi — tafsilot.uz) ko‘p.

Ba’zida jurnalistlarimizning maqolalarini o‘qisangiz, reportajlarni tomosha qilsangiz, mavzu boshqa, ma’no boshqa bo‘lib qolganini, ya’ni jurnalistlar aytayotgan, yozayotgan so‘zlar mavzudan uzoqlashib ketganini ko‘rish mumkin. Shu bois ular o‘quvchi, tomoshabinlarning qalbiga, yuragiga etib bormaydi.

Jurnalistlardan mening bu so‘zlarimni tanqid deb tushunmasliklarini, aksincha, kelajakdagi faoliyatlari uchun bir tavsiya, tilak sifatida qabul qilishlarini xohlar edim. Chunki oldimizda katta ishlar turibdi. Ularning ijrosini ta’minlash OAV xodimlarining zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jurnalistlarimizni burab, yo‘lga solib turadigan “yashirin qisqichlar” ko‘pmi?