23:57 / 16.01.2017
6 422

Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorlar o‘z ishida kamchiligi bo‘lmasa ham, amaldorlar bilan «kelishib olishga» majbur bo‘lmoqda

Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorlar o‘z ishida kamchiligi bo‘lmasa ham, amaldorlar bilan «kelishib olishga» majbur bo‘lmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruza bilan chiqish qildi, deb yozadi «Daryo» nashri.

O‘z nutqida Shavkat Mirziyoyev tegishli tuzilma va hokimliklarning jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo‘nalish borligini, bu – xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlash ekanligini aytib o‘tdi.

«Tadbirkorlar bilan shaxsan uchrashishga sizlarga nima xalaqit beradi? Albatta, bu uchrashuvlarda sizlarga yoqmaydigan savollar berilishi tabiiy.

Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda shaxsan o‘zim shunga qattiq ishonch hosil qildimki, bunday savollarni berishga ularning to‘liq va qonuniy huquqi bor.

Bu huquqni ular turli ma’lumotnoma, ruxsatnoma va sertifikatlar, kredit olishda necha kunlar navbatda turish, noqonuniy tekshiruvlar, boy berilgan iqtisodiy va moliyaviy foyda hisobidan qo‘lga kiritgan.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning ko‘pchiligi haqiqiy fuqarolik pozisiyasida turib, etim bolalar va nochor oilalarga, mahallalar va ijtimoiy soha muassasalariga beg‘araz yordam bermoqda.

Buning evaziga ular nima olyapti? Birinchisi – faqat qo‘rquv, yana tekshirishni va siquvga olishni boshlashadi, erkin mehnat qilishga, oilamni, bola-chaqamni boqishga yana imkoniyat bermaydi, degan qo‘rquv. Shu sababli ular o‘z ishida kamchiligi va qonunbuzarlik holati bo‘lmasa ham turli darajadagi amaldorlar bilan ‘kelishib olishga’ majbur bo‘lmoqda», — dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorlar o‘z ishida kamchiligi bo‘lmasa ham, amaldorlar bilan «kelishib olishga» majbur bo‘lmoqda