21:48 / 17.01.2017
7 584

"Qora maklerlar"ga qarshi kurashish choralari belgilandi

"Qora maklerlar"ga qarshi kurashish choralari belgilandi

Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi tadqiqotlar Markazi tomonidan O‘zbekiston va xorijiy davlatlar ko‘chmas mulk bozoriga bag‘ishlangan monografiya chop etildi, deb xabar beradi "Uz24.uz" sayti.

Monografiyada ko‘chmas mulk bozorining bugungi kundagi ahvoli chuqur tahlil qilingan holda, uning nazariy va amaliy tomonlari o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, bozor munosabatlarining ushbu sohasini faoliyat ko‘rsatish mexanizmini yanada takomillashtirish bo‘yicha konseptual takliflar keltirilgan.

Mualliflar sohada mavjud bo‘lgan muammolar orasida uning faqat davlat tomonidan nazorat qilinishi, mavjud bo‘lgan erlarning aksariyati davlat tasarrufida qolayotgani va rieltorlar uyushmalari sohada hech qanday rol o‘ynamayotgani haqida aytib o‘tishgan.

Shuningdek, ilmiy ishda viloyatlar va poytaxtda ko‘chmas mulk bozorining turlicha rivojlangani va ko‘chmas mulkni sug‘urtalash xizmatlari sohasining sust rivoji ham aytib o‘tilgan.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozorida “qora maklerlar” ham o‘zlarining salbiy rolini o‘ynamoqda. Ilmiy ishda aytilishiga ko‘ra, aynan shunday ro‘yxatdan o‘tmagan “qora maklerlar” ko‘chmas mulk bozorining katta qismini nazorat qilmoqda. Turli ruxsatnomalar va rasmiy ishlash huquqiga ega bo‘lmagan “qora maklerlar” qonuniy ishlayotgan rieltorlar bilan yonma-yon faoliyat ko‘rsatmoqda.

Olimlar fikriga ko‘ra, bunday noqonuniy faoliyat bilan kurashish uchun lisenziyasiz ishlagan rieltorlarga jarima miqdorini oshirish, turli komissiyalar tekshiruvi tashkil qilish, namunali shartnomalar ishlab chiqish va ulardan foydalanish hamda Rieltorlar Assosiasiyasi tomonidan nazoratni kuchaytirish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » "Qora maklerlar"ga qarshi kurashish choralari belgilandi