Joriy yil so‘ngiga qadar O‘zbekistonda havo sharida osmonga ko‘tarilish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Hozircha Chimyon tizmasida «faol dam olish hududi"ni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Keyinchalik esa butun mamlakat bo‘ylab sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Yanvar oyi avvalida Adliya vazirligi Aeronavtika federasiyasi — nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Mazkur federasiya havoda uchish va havoda uchish sportini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib belgilagan.
«Havo sharida parvoz qilish, ehtimol, ko‘p million bolalardagi kabi mening ham orzuim edi, — dedi yangi federasiya raisi Tohir Soliev «Gazeta.uz"ga. — Mazkur orzuni amalga oshirishga erishdim va buni boshqalar bilan bo‘lishishni istayman».
Loyiha uchun Rossiyaning «Rusbal» ilmiy ishlab chiqarish korxonasidan dastlabki uchta havoda parvoz qilish uskunasi jamlanmasiga buyurtma berildi.
«Biz tashkiliy masalalarni hal qilish, nafaqat daromad ko‘rish, balki jahon sayyohlik markazlaridan biri sifatida mamlakatimiz imidjini faol targ‘ib qilish uchun katta imkoniyat taqdim etuvchi ishga mablag‘ kiritishni istovchi homiylarni ham izlayapmiz», — deb qayd eti Tohir Soliev.
Birinchi havo sharini kuz oylarida Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida havoga uchirish rejalashtirilmoqda. Keyingi rejalar qatoridan Havoda uchish bo‘yicha 2018 yoki 2019 yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etish ham o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi