21:33 / 18.01.2017
11 598

O‘zbekistonda endi ajrashayotgan erkak oilasini uy-joy bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi

O‘zbekistonda endi ajrashayotgan erkak oilasini uy-joy bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi

O‘zbekistonda yaqin kelajakda sud orqali ajrashish jarayoni ancha yengillashtiriladi, ayni vaqtda qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish ustida ish olib borilmoqda, deb xabar qilgan manbalarga asoslanib Sputnik nashri.

Bugungi kunda O‘zbekistonda sudlar ajrim bilan o‘zaro bog‘liq masalalar alohida-alohida ko‘rib chiqiladi. Misol uchun, avvaliga ajrim masalasi bilan shug‘ullanilsa, undan keyin farzandlar kim bilan qolishi, shundan so‘ng mol-mulk taqsimoti va hokazo masalalar ko‘rib chiqiladi.

"Biz hozirda yagona mexanizmni ishga tushirmoqchimiz. Ya’ni bunda ajrim ishi ko‘rib chiqilayotganda, farzandlarning kim bilan qolishlari hamda ayol va bolalarning turar joy bilan ta’minlanishi birinchi sud jarayonining o‘zida hal etiladi", — deb ta’kidlagan manba.

Suhbatdosh shuningdek, bugungi kunda erkaklarning 90 foizi ayoli va farzandlarini birgalikdagi turar joydan quvib solishayotgani holati ko‘p kuzatilayotganini aytib, shu bois sudlar endilikda bu masalani ham zudlik bilan hal etishlarini ma’lum qilgan.

"Agar erkak o‘z rafiqasi va bolalarini haydab solsa, ular foydalanuvchilar sifatida birgalikda turadigan uylariga qaytib kiritiladilar", — deb ta’kidlagan manba.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil O‘zbekistonda 29,4 ming ajrim holatlari qayd etilgan. Ajrimlar bo‘yicha etakchi o‘rinlarni Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari egallagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda endi ajrashayotgan erkak oilasini uy-joy bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi