6 255
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vise-prezidentini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vise-prezidentini qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vise-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi.
Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Jahon banki hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.
Bugungi kunda o‘zaro hamkorlik elektr-energetika, irrigasiya va kommunal tarmoqlarni modernizasiya qilish, suv ta’minoti, ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlarida Jahon bankining 2,8 milliard dollar mablag‘i jalb etilgan 33 qo‘shma loyihani o‘z ichiga oladi.
“Tolimarjon IES – “So‘g‘diyona” PS” yuqori voltli liniyasini qurish, Buxoro va Samarqand shaharlari suv ta’minoti, kanalizasiya tizimlarini rekonstruksiya qilish, Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarish, Angren – Pop temir yo‘lini elektrlashtirish, qishloq xo‘jaligi korxonalari va meva-sabzavotchilikni rivojlantirish kabi ko‘plab sohalarda loyihalar, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlaridagi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda.
O‘tgan yili qabul qilingan 2020 yilgacha hamkorlik qo‘shma dasturiga 27 muhim loyiha kiritilgan, uning umumiy qiymati 4 milliard dollardan iborat, shundan 3 milliard dollari Jahon banki kreditlaridir.
Jahon banki vise-prezidenti O‘zbekistonda kichik biznesni jadal rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investisiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha yaqinda qabul qilingan chora-tadbirlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari xususida fikr almashildi, sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama etildi.
Jahon banki vise-prezidenti S.Myullerning tashrifi dasturidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza o‘qish, ushbu oliy ta’lim muassasasi professor va o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashuv ham o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi