
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda. O‘zgidromet markaziga tayanib "Uz24" ma’lum qilishicha, respublikamizning barcha hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilikdar kuzatiladi, havo harorati pasayadi. Joylarga tuman tushadi.
21-22 yanvar kunlari Toshkentda yomg‘ir va qor yog‘adi, havo harorati kechasi 0... +2, kunduzi +2... +4 darajani tashkil etadi.
Respublikamizning shimoliy hududlarida kechasi −10…−5, kunduzi — 0…+5 darajaga etadi.
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rtacha harorat kunduzi +2…+7, kechasi −2…+3 darajagacha tushadi.
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar